AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 848 ming dollar ajratdi

Jamiyat

image
AQSH koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi north_east

AQSH koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi

AQSH hukumati O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 848 ming dollarlik ko‘mak ajratdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.

AQSH hukumati O‘zbekistonga keng ko‘lamda tahlillar o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini tayyorlash, tibbiyot muassasalarida infeksiyalar profilaktikasi va nazorati, COVID-19 ustidan epidemiologik nazoratni va COVID-19 bemorlari hisobini yuritishni yaxshilash, shuningdek, virus haqidagi dezinformatsiyalarga qarshi kurashish hamda insonlarni davlat va tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ishlashga jalb qilish uchun vositalar taqdim etadi. Buning uchun 848 ming AQSH dollari ajratildi.

“Bu pandemiya dunyodagi bironta mamlakat alohida orol emasligini ko‘rsatmoqda. Unga qarshi birgalikda, bir-birimizni qo‘llagan holda ish olib borishimiz shart. Bizning AQSHdagi oilalarimiz, O‘zbekistondagi kabi, koronavirus xavfidan xavotirda, shu bois biz O‘zbekistonning koronavirus tarqalishining oldini olish hamda kasallikni yuqtirib olganlarni davolashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni istaymiz”, deya ta’kidladi elchi Deniyel Rozenblyum.

AQSH hukumati, shuningdek, Markaziy Osiyodan Qozog‘istonga 800 ming, Qirg‘izistonga 883 ming, Tojikistonga 866 ming, Turkmanistonga 920 ming AQSH dollari miqdorida ko‘mak beradi. Afg‘onistonga esa 5 mln dollar atrofida mablag‘ ajratiladi.

AQSH 64 ta davlatlarga yordam berish umumiy 274 mln mablag‘ni yo‘naltirgan. Amerika shuningdek, xalqaro tashkilotlarga ham mablag‘ ajratishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-O'zbekiston koronavirus

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made