AQSH O‘zbekistondan it olib kelishni taqiqladi
Olam
−
14 iyul 2021
8363AQSHda quturish kasalligi tarqalish xavfi tufayli dunyoning 113 mamlakati, shu jumladan O‘zbekistondan ham itlarni olib kirishga vaqtincha taqiq kuchga kirdi. Bu haqda AQSHning Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish federal markazi (CDC) saytida xabar berilgan.
“Ushbu vaqtinchalik chora-tadbirlar Qo‘shma Shtatlarga olib kirilayotgan itlarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash hamda aholini AQSHga it quturish virusining qayta kirib kelishidan himoya qilish uchun zarur”, deyiladi xabarda.
Ushbu ro‘yxatga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, materik Xitoy, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Ukraina, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi o‘nlab mamlakatlar kiritilgan. CDC ma’lumotlariga ko‘ra, taqiq o‘rnatilgan mamlakatlarga AQSHga import qilinadigan barcha itlarning taxminan 6 foizi to‘g‘ri keladi. Biroq o‘ta muhim vaziyatlarda it egalariga jonivorni olib kirishga ruxsat beriladi. Buning uchun AQSHga kelishdan 6 hafta oldin ariza yozish kerak bo‘ladi. Ariza yozmasdan ro‘yxatdagi mamlakatlardan olib kelingan itlar egasi hisobidan qaytarib yuboriladi.
CDC’ning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar 2007 yilda itlar quturish virusini yo‘q qilgan, ammo hatto bitta kasallangan hayvonni olib kirish o‘limga olib keladigan infeksiyani odamlarga, uy va yovvoyi hayvonlarga yuqtirishga olib kelishi mumkin.
LiveBarchasi