AQSH uyushtirgan havo hujumi oqibatida Qobulda bolalar halok bo‘ldi – YUNISEF

Olam

image

AQSH harbiylarining Afg‘onistonga uyushtirgan havo hujumi oqibatida 7 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda YUNISEFning Qobuldagi vakili Gerve de Lisvga tayanib, TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlab, u olti bolaning o‘limi haqida xabar bergan. Lekin, keyinroq YUNISEF vakili yetti bolaning halok bo‘lganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 avgust kuni AQSH harbiylari dronlar yordamida ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘limi “Viloyati Xuroson” vakillarini havodan o‘qqa tutdi. AQSH Markaziy qo‘mondonligiga ko‘ra, shu orqali Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportga qaratilgan bo‘lajak terrorchilik harakatining oldi olingan. 

Qayd etish kerakki, bu rasmiy Vashingtonning javob zarbasi ham bo‘lishi mumkin. Chunki joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida qator portlashlar sodir bo‘lgandi. Buning oqibatida AQSHning 13 askari halok bo‘lgan. Shundan so‘ng, Prezident Bayden kuchli javob zarbasini amalga oshirishga va’da bergan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing