AQSH urib tushirilgan Xitoy havo sharini tekshirdi. U rostdan ham razvedka uchun ishlatilganmi?

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, o‘tgan haftada AQSH havo hududida Xitoyga tegishli bo‘lgan havo shari aniqlangan va hafta oxirida AQSH harbiylari sharni dengizga urib tushirgandi. AQSH dengiz kuchlari okeanga qulagan sharga yetib bordi va uni tekshirdi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo shari Xitoy janubidagi dengiz harbiy bazasi joylashgan Xaynan orolidan uchirilgan bo‘lib, undan razvedka maqsadlarida foydalanilgan. Ismini oshkor etmagan AQSH rasmiylari bunday havo sharlaridan strategik ahamiyatga ega davlatlar haqida razvedka ma’lumotlarini yig‘ishda foydalanilganiga ishonishlarini aytgan.

Shuningdek, Amerikaliklar Vashington va Pekinda 40 ta mamlakatdan kelgan xorijiy diplomatlar bilan ushbu havo shari yuzasidan brifing o‘tkazib, ularni josuslik xavfidan ogohlantirgan. AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman ham 150 ga yaqin xorijiy diplomatlarga “josus shar” haqida ma’lumot bergan.

“Biz ushbu turdagi operatsiyalarga moyil bo‘lishi mumkin bo‘lgan dunyo mamlakatlari bilan imkon qadar ko‘proq narsani baham ko‘rishimizga ishonch hosil qilishni xohlaymiz”, degan Vendi Sherman.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy mazkur havo shari meteriologik maqsadlarda foydalanilgani, shamol tufayli yo‘nalishini o‘zgartirganini aytgan va AQSHni havo sharidan foydalanib, provokatsion harakatlarni kuchaytirganlikda ayblagan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing