AQSH universitetlaridagi namoyishlar tufayli 700 dan ortiq talaba hibsga olindi
Olam
−
28 aprel
3660Falastinni qo‘llab-quvvatlagan talabalar namoyishlari AQSHda 700 dan ortiq odamning hibsga olinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 18 aprel kuni Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti hududida chodir lageri qurgan va Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazgan talabalarni tarqatib yuborish vaqtida 108 kishi politsiya tomonidan hibsga olingan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tomonidan Bostondagi (Massachusets shtati) Emerson universiteti universiteti hududidagi chodir lagerini tugatish paytida 118 kishi, Bostonda joylashgan Shimoli-sharqiy universitetda 102 kishi, Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetida 93 kishi, Texas universiteti, Blumingtondagi Indiana universiteti, Atlantadagi Emori universiteti va Arizona shtat universitetida o‘nlab talabalar hibsga olingan.
Hibsga olishlar Prinston, Yel, Nyu-York universitetlari, Minnesota universiteti va Ogayo shtati universitetlariga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vashingtonda yuzlab namoyishchilar Jorj Vashington universiteti oldida yig‘ilib, universitetlarni Isroil bilan aloqasi bo‘lgan kompaniyalarga sarmoya kiritishdan voz kechishga va falastinliklarni qo‘llab-quvvatlagan talabalarga nisbatan intizomiy ayblovlarni olib tashlashga chaqirgandi.
LiveBarchasi