AQSH UNESCO’ga qaytmoqchi  

Olam

image

UNESCO 29-30 iyun kunlari Bosh konferensiyaning navbatdan tashqari sessiyasini o‘tkazib, AQSHning tashkilotga qaytishi shartlarini ko‘rib chiqadi. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni UNESCO shtab-kvartirasida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, Bosh konferensiya sessiyasi UNESCO Bosh direktori Odri Azule tomonidan tashkilot nizomiga muvofiq ishtirokchi davlatlarning uchdan bir qismining iltimosiga binoan chaqirilgan.

“Sessiya davomida davlatlar AQSHning iyul oyida aniq moliyaviy takliflar asosida tashkilotga qaytish niyatiga munosabat bildirishi kerak”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, 2011 yildan beri a’zolik badallarini to‘lamagan AQSH 2018 yilda UNESCO’dan chiqqan. Mamlakat Falastinni tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilganidan keyin UNESCO’ni moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortgan. Hozirda AQSH tashkilotga 612 million dollar miqdorida qarzdor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh UNESCO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing