AQSH Ukrainani Rossiyaga yon berishga majburlashi kerak – prezidentlikka nomzod

Olam

image

AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Vivek Ramasvami AQSH Ukrainani Rossiyaga jiddiy yon bosishga majburlashi kerakligini aytdi. U bu haqda “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlarga asosiy tahdid Xitoy bo‘lib, unga qarshi turish uchun Amerika hukumati Ukraina mojarosini tezda tugatishi kerak.

“Menimcha, biz Ukraina urushini tinch yo‘l bilan tugatishimiz kerak, bu esa Rossiyaga katta imtiyozlar beradi, shu jumladan, Koreya urushi uslubidagi sulh shartnomasida hozirgi nazorat chizig‘ini muzlatib qo‘yadi... Ukraina buni xohlamaydi. Ukrainaning NATOga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha doimiy majburiyat olishi kerak bo‘ladi. Lekin buning evaziga Rossiya o‘z shartnomasini va Xitoy bilan qo‘shma harbiy kelishuvni tark etishi shart”, dedi Ramasvami.

Ramasvamining aytishicha, agar bu AQSHning Xitoyga qarshi turishi uchun Yevropadagi “qo‘llarini bo‘shatsa”, Vashington Ukrainani NATOga qabul qilmaslik majburiyatini olishi kerak.

“Xitoy Tayvanga erishi maqsadida harakat qilmoqda, bir vaqtning o‘zida ikkita yadroviy qudratli davlat bilan to‘qnashuvda bo‘lish Qo‘shma Shtatlar manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi”, deya ta’kidladi siyosatchi.

Aytish joizki, Ramasvami AQSHning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini avval ham qoralagan edi. U Kiyevga ajratilayotgan pulning bir qismi mamlakatdagi giyohvandlik muammosini hal qilishi mumkinligini aytgan edi. 

Ma’lumot uchun, Vivek Ramasvami respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga eng yosh  nomzod hisoblanadi. U 1985 yil 9 avgustda Ogayo shtatida dunyoga kelgan. Kelib chiqishi hind bo‘lgan Ramasvami tadbirkor, yozuvchi va konservativ siyosatchidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing