AQSH ukrainaliklarni o‘z yurtiga quvmoqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari 80 nafar ukrainaliklarni yoppasiga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Ukraina elchisi Olga Stefanishinaga tayanib, “The Washington Post” xabar berdi.

“Prezident Tramp ma’muriyati ko‘plab ukrainaliklarni deportatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. AQSHdagi Ukraina elchisi Olga Stefanishina elchixona AQSH qonunlarini buzganligi sababli deportatsiya qilish haqida yakuniy buyruq olgan taxminan 80 nafar ukrainalik haqida xabardor ekanini bildirdi”, deyiladi nashr maqolasida.

Advokatlar ma’lumotiga ko‘ra, deportatsiya qilinayotgan ayrim shaxslar harbiy samolyotlarda Ukrainaga yoki Polshaga yuborilishi haqida ogohlantirilgan.

“Ayrim holatlarda shunday taassurot uyg‘onadiki, qo‘lga olinganlarga deportatsiyadan oldin o‘z qo‘rquvini ifoda etish huquqi berilmayapti. Ukraina hozir harbiy holat e’lon qilingan urush hududidir va deportatsiya qilinayotgan har qanday shaxs majburan armiyaga olinishi, frontga yuborilishi hamda katta ehtimol bilan halok bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda. 

“The Washington Post” AQSH immigratsiya xizmati ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 2024 yilda AQSHdan 53 nafar ukrainalik deportatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH hukumati 30 nafardan 60 nfargacha Rossiya fuqarosini mamlakatdan chiqarib yuborgandi. Deportatsiya qilinganlar orasida siyosiy boshpana so‘ragan va Rossiyada qochqinlikda ayblanayotgan sobiq harbiy ham bo‘lgan. Ular AQSHdagi immigratsion qamoqxonalarda saqlanib, sudlarda yutqazgan yoki ixtiyoriy ravishda vatanga qaytishni tanlagan shaxslar ekani bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Ukraina Olga Stefanishina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing