AQSHdan bir kunda o‘nlab rossiyaliklar quvildi
Olam
−
29 avgust 2025 7779 2 daqiqa
Joriy yilning 27 avgust kuni AQSH hukumati 30 nafardan 60 nfargacha Rossiya fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Deportatsiya qilinganlar orasida siyosiy boshpana so‘ragan va Rossiyada qochqinlikda ayblanayotgan sobiq harbiy ham bo‘lgan. Ular AQSHdagi immigratsion qamoqxonalarda saqlanib, sudlarda yutqazgan yoki ixtiyoriy ravishda vatanga qaytishni tanlagan shaxslar ekani bildirilgan.
Rossiyaliklar Qohira orqali Moskvaga jo‘natilgan. Qohiradagi qo‘nishda ba’zi deportatsiya qilingan uddaburonlar boshqa yo‘nalishga o‘tib ketishga uringan, ammo ularni Misr maxsus xizmati xodimlari kaltaklagan va baribir Moskva reysiga o‘tkazib, qo‘l silkigancha, Rossiya tomon kuzatib qo‘ygan. Samolyot Moskvaga qo‘ngach, Rossiya chegara xodimlari deportatsiya qilinganlarni so‘roq qilgan, ulardan birini hibsga olgan. Qolganlar esa ozodlikka qo‘yib yuborilgan.
Huquq faoli Vladimir Osechkinning ma’lumotiga ko‘ra, Moskvaga qaytarilganlarning barchasi boshdan oyoq tekshiruvdan o‘tkazilib, soatlab so‘roq qilingan, ularning ayrimlariga bosim o‘tkazilgan va zo‘ravonlik ishlatilgan. Unga ko‘ra, deportatsiya qilinganlarning bir nechtasi, jumladan sobiq harbiylar ham qo‘lga olingan va ularning ayrimlariga “armiyani tark etish“, “ekstremistik faoliyatni moliyalash“, “davlatga xiyonat” kabi moddalar bo‘yicha tekshiruv boshlangan.
Shu bilan birga, ba’zi deportatsiya qilinganlarning yaqinlari Osechkinning ma’lumotini rad etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu Rossiya fuqarolarining AQSHdan ommaviy ravishda chiqarilishi bo‘yicha ikkinchi katta deportatsiya sanaladi. Iyun oyida ham AQSHdan qariyb 40 rossiyalik chiqarib yuborilgan. Faollar yaqin kelajakda yana shunday deportatsiyalar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Qayd etish joiz, Tramp prezidentlikka qaytishi bilanoq, migrantlar masalasiga alohida e’tibor qaratdi. U Amerikada katta tozalovlar o‘tkazib kelmoqda. Tramp mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga qarshi kurashni boshlagach, ularning soni deyarli bir millionga kamaygani buning yaqqol isbotidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp uysizlarni Vashingtondan uzoqroqqa ko‘chirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Bu chorani Oq uy rahbari “poytaxtni xavfsiz va chiroyli qilmoqchi” ekani bilan izohlagan. Unga ko‘ra, uysizlarga yashash joylari beriladi, lekin poytaxtdan uzoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025