AQSH Ukrainaga zenit-raketa tizimini berishning yo‘lini topdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilari bo‘lgan yaqin Sharqdagi bir qator davlatlar bilan NASAMS zenit-raketa komplekslarining bir qismini Ukrainaga o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda kecha, 1 dekabr kuni “Politico” nashri xabar berdi.

NASAMS ishlab chiqaruvchi “Raytheon Technologies” kompaniyasining direktori Greg Xeyesning qayd etishicha, NATO va AQSH Yaqin Sharqdagi bir qancha davlatlar bilan ishlamoqda.

“Yaqin Sharqda NASAMS tizimlari mavjud. NATOdagi ba’zi ittifoqdoshlarimiz va o‘zimiz NASAMS’dan foydalanayotgan Yaqin Sharqdagi bir qancha davlatlar bilan ishlayapmiz. Ularni Ukrainaga yordam sifatida yuborishga harakat qilamiz”, deydi Greg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tizimlarni yaqin olti yoki uch oy ichida Kiyevga jo‘natish vazifasi turibdi. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharq mamlakatlarini Ukrainaga o‘tkazilgan tizimlar o‘rniga yangi komplekslar bilan ta’minlaydi. Ya’ni AQSH Ukraina uchun NASAMS ishlab chiqaradi. Yaqin Sharqdan NASAMS olish ancha qulay hisoblanadi. Amerika Ukraina uchun ushbu qurollarni ishlab chiqarishiga deyarli ikki yil vaqt ketadi.

“Raytheon Technologies” rahbari muhokama qilinayotgan Yaqin Sharq davlatlari nomini aytishdan bosh tortgan. Biroq ta’kidlanishicha, mintaqada Amerikaning NASAMS tizimlarini xaridorlari orasida so‘nggi paytlarda faqat ikki davlat – Ummon va Qatar bor edi. Agarda ushbu kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, AQSH ma’muriyati buni alohida tasdiqlashi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

NASAMS

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing