AQSH Ukrainaga yordam berishdan nega to‘xtamasligini aytdi
Olam
−
20 Oktabr 2023
11783Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish Amerika xavfsizligi uchun hayotiy ahamiyatga ega va uni to‘xtatish mumkin emas. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda vatandoshlariga telemurojaat bilan chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.
"Bilaman, bu mojarolar (Ukraina va Falastin-Isroil mojarolari) uzoqda bo‘lib tuyulishi mumkin. Amerikaning aralashuvi nega kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Isroil va Ukraina muvaffaqiyatini ta’minlash nega hayotiyligini aytib beraman. Bu Amerika milliy xavfsizligi uchun zarur”, deydi AQSH rahbari.
U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Ukrainada haqiqiy davlatchilik bo‘lganini inkor etayotganini” ta’kidlagan. Shuningdek, Bayden Rossiya Prezidentining G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatganida, Kiyev bir haftadan ortiq turib bera olmas edi, degan so‘zlarini eslagan.
"Ammo biz yordam berishni hech qachon to‘xtatmaymiz”, dedi Bayden.
Bundan tashqari, Bayden Putinning Polsha g‘arbiy yerlarini "Rossiya sovg‘asi" degan so‘zlariga, shuningdek, Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning Boltiqbo‘yi mamlakatlarini Rossiya viloyatlari deb ataganiga e’tibor qaratgan.
"Bularning barchasi NATO ittifoqchilaridir", dedi Amerika rahbari.
Avvalroq, Bayden Qo‘shma Shtatlar Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan harbiy to‘qnashuvga intilmayotgani haqida gapirgan edi.
LiveBarchasi