AQSH Ukrainaga yangi yordam paketini e’lon qildi
Olam
−
07 Sentabr
3321AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga 250 million dollar miqdorida navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qildi. Bu haqda kecha, 6 sentyabr kuni Pentagon saytida ma’lum qilindi.
Kiyev Vashingtondan Stinger raketalari, HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, 155 mm va 105 mm artilleriya o‘q-dorilari, tankka qarshi Javelin va AT-4 tizimlari, Bradley piyoda jangovar mashinalari, M113 zirhli transport vositalari, patrul qayiqlar va boshqalarni oladi.
Kecha, 6 sentyabr kuni AQSHning Ramshteyndagi harbiy bazasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbirda Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius ham qatnashdi.
Uchrashuvdan so‘ng Pistorius Berlin Kiyevga qiymati 150 million yevro bo‘lgan yana 12 ta PzH 2000 rusumli o‘ziyurar gaubitsa yetkazib berishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukrainaga Amerika yordamining navbatdagi paketi ajratilishini e’lon qildi.
LiveBarchasi