AQSH Ukrainaga yangi harbiy yordam e’lon qildi

Olam

image

Kecha, 9 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga yangi harbiy yordam berishini e’lon qildi. AQSH Rossiya va Eron o‘rtasidagi munsobatlarni ham buzishga va’da bergan. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. 

Oq uyning Milliy xavfsizlik vakili Jon Kirbi Vashington Eron va Rossiya o‘rtasidagi chuqurlashib borayotgan mudofaa hamkorligidan juda xavotirda ekanligini bildirgan. Amerika Tehron va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni buzishga va Eron tomonidan Rossiyaga dronlar yetkazib berishni to‘xtatishga harakat qiladi.

“Vashington Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash va uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirish uchun 275 million dollarlik yordam paketini yuborayapti”, deydi Jon Kirbi.

Britaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi Barbara Vudvordning aytishicha, Rossiya Ukrainada foydalangan yuzlab dronlar Erondan yuborilgan.

“Rossiya hozirda qo‘shimcha qurollar, jumladan, yuzlab ballistik raketalar olishga harakat qilmoqda. Buning evaziga Rossiya Eronga misli ko‘rilmagan darajada harbiy va texnik yordam taklif qilmoqda”, deydi u.

Rossiya va Eron yuqoridagi ayblovlarga hozircha javob bermagan.

Tehron va Moskva Eronda ishlab chiqarilgan dronlardan Ukrainada foydalanayotganini rad etib keladi. Eron Tashqi ishlar vazirligi esa Rossiya Ukrainada foydalangan dronlar urushdan oldin yetkazib berilganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing