AQSH Ukrainaga yana 600 mln dollarlik qurol yuboradi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 600 million dollar miqdorda qo‘shimcha harbiy yordam ajratishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bayden AQSH Davlat kotibiga Ukrainaga yordam berish uchun Mudofaa vazirligining mudofaa mahsulotlari va xizmatlari, harbiy tayyorgarlik va ta’lim uchun 600 million dollargacha mablag‘ ajratish huquqini bergan.

“Qo‘shma Shtatlar ittifoqdoshlari va hamkorlari bilan birgalikda Ukraina kuchlari muvaffaqiyatli qarshi hujumni davom ettirish uchun juda samarali foydalanayotgan qurol va jihozlar bilan ta’minlamoqda. Prezident Bayden biz Ukraina xalqini qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashimizni aniq aytdi", deydi Davlat kotibi Entoni Blinken.

Vashington ma’muriyati Kiyevga navbatdagi harbiy yordam paketiga qanday qurollar kiritilishini hali e’lon qilgani yo‘q.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, paket AQSH Mudofaa vazirligi zaxiralaridagi qo‘shimcha qurollar, o‘q-dorilar va jihozlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi yangi paket katta ehtimol bilan ilg‘or raketa tizimlari va gaubitsalarni o‘z ichiga olishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 675 million dollarga baholangan yangi yordam transhini tasdiqlagan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing