AQSH Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishi mumkin

Olam

image

Agar Rossiya mojaroni hal qilishdan bosh tortsa, AQSH Ukrainaga Amerika qo‘shinlarini yuborishi mumkin. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens “The Wall Street Journal” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Vensning aytishicha, agar Moskva vijdonan muzokaralar olib bormasa, sanksiyalar qo‘llash va AQSH qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish varianti stolda qoladi.

“Ta’sir o‘tkazish uchun iqtisodiy dastaklar bor, albatta, harbiy dastaklar ham bor”, degan u.

Vensning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar erishgan kelishuv “ko‘pchilikni larzaga keltirishi” mumkin. Vitse-prezidentning ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp muzokaralar chog‘ida ayrim masalalar bo‘yicha o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkin.

“Ko‘plab formulalar va konfiguratsiyalar mavjud, ammo biz Ukrainaning suveren mustaqillikka ega bo‘lishi haqida qayg‘uramiz”, degan Vens.

Vensning aytishicha, Ukrainaning hududiy imkoniyatlari va G‘arb davlatlarining Kiyevga xavfsizlik kafolatlari haqida gapirishning vaqti hali kelmadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Moskvani jang maydonidan ko‘ra muzokaralar stolida ko‘proq narsaga erishishiga ishontirmoqchi. Vens, shuningdek, Ukraina bo‘yicha muvaffaqiyatli kelishuvdan keyin Rossiya bilan munosabatlarni tiklashni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz,  12 fevral kuni Bryusselda NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishining ochilishida AQSHning yangi Mudofaa vaziri Pit Hegset Amerika qo‘shinlari Ukrainaga joylashmasligi haqida gapirgandi.

“Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, AQSH qo‘shinlari Rossiya urush mashinasini moliyalashtiradigan keyingi diplomatiya va energiya narxini pasaytirish uchun xavfsizlik kafolatlarining bir qismi sifatida Ukrainaga joylashtirilmaydi. Yevropa xavfsizligini ta’minlash NATOning Yevropa a’zolari uchun majburiyat bo‘lishi kerak. Buning bir qismi sifatida Yevropa kelajakdagi harbiy yordamning katta qismini Ukrainaga berishi kerak”, degan Xegset.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Jeyms Devid Vens

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing