AQSH Ukrainaga tanklar berilishini e’lon qildi

Olam

image

AQSH Ukrainaga yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketi doirasida 45 ta T-72 tankini beradi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx ma’lum qildi.

“Dekabr oxirigacha tanklarning bir qismi Ukrainaga topshiriladi... Yetkazib berish 2023 yilda yakunlanishi kutilmoqda”, deydi u.

Amerika navbatdagi yordami quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

•    250 ta M1117zirhli transportyori;
•    daryo sinfidagi 40 ta zirhli kater;
•    1,1 ming Phoenix Ghost razvedka va zarba beruvchi dronlari;
•    Hawk yangilangan havo mudofaa tizimlari.

Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan tanklar AQSH tomonidan modernizatsiya qilinadi va Niderlandiya va Chexiya bilan birgalikda Ukraina qo‘shinlariga topshiriladi.

Rossiyaning “maxsus harbiy operatsiyasi” fonida AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilari Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etmoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing