AQSH Ukrainaga Rossiya raketalariga qarshi qurol beradi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun mo‘ljallangan sakkizta NASMAS zenit-raketa majmuasini yetkazib beradi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirining kosmik siyosat bo‘yicha yordamchisi Jon Plam ma’lum qildi.

“NASMAS’ga (Kiyev uchun) kelsak, menimcha, sakkizga yaqin tizim yo‘lda. Ular hozir ta’minot zanjirining qayerda ekanligini aniq bilmayman, lekin ular allaqachon yo‘lda. Menimcha, bu juda muhim”, degan Plam.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘z hududiga raketaga qarshi tizimlarni joriy etishda jiddiy muammolarga duch keladi. 

“Shubhasiz, himoyalanish uchun raketaga qarshi tizimlar kerak. Menimcha, Ukraina duch kelayotgan muammolardan biri ularning har tomonlama himoya tizimini o‘rnata olmasligidir. Sizga bitta qalqon yetarli emas. Agar sizda 10, 20 yoki 30 ta tizim bo‘lsa, ular qayerga o‘rnatiladi? Nimani himoya qilmoqchisiz? Bu mudofaa qarori muammosi. Urushlar u yoqda tursin, tinchlik davrida buni qilish juda qiyin”, degan Mudofaa vaziri yordamchisi.

“The New York Times” gazetasining xabar berishicha, Norvegiyadan kelgan instruktorlar Germaniyada 100 ga yaqin ukrainalik askar uchun NASMAS bilan ishlash bo‘yicha treningni o‘tmoqda. Nashrning qayd etishicha, kurs taxminan ikki hafta davom etgan va yaqin kunlarda yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing