AQSH Ukrainaga maxfiy ravishda harbiy mashina yuborgan – “Forbes” 

Olam

image

Ukraina Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kamida bitta M1150 Assault Breacher minalarni tozalovchi eng kuchli zirhli mashinasini olgan, ammo bu rasman e’lon qilinmadi. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari  bittadan oltitagacha shunday avtomashinani olgan bo‘lishi mumkin. Biroq aniq raqam noma’lum. Nashr  kecha, 3 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni saytida chop etilgan fotosuratlarga e’tibor qaratgan. Suratlardan birida 55 tonnalik Amerika zirhli mashina tasvirlangan. Uning narxi 4 million dollar turadi. Biroq AQSH harbiy yordamining rasmiy ro‘yxatiga Assault Breacher kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, M1150 Assault Breacher – kombinatsiyalangan avtomobil sanaladi. Ushbu texnika to‘rt metrli "pichoq" bilan jihozlangan bo‘lib, uning yordamida mashina minalangan maydonlardan o‘tishi mumkin. Biroq uning asosiy quroli portlovchi moddalar bilan kabellarni uloqtiruvchi qurilmadir. Mashina harakatlanganida uning kabeli cho‘zilib, mina maydoniga tushadi, shundan so‘ng u portlaydi. Bunday holda, minalar ham portlaydi yoki bir necha metrga yon tomonlarga uchib tushib, xavfsiz o‘tish joyini hosil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Germaniya Kiyevga avvaldan va’da qilingan Leopard 1A5 tankining yana 25 tasini yetkazib bergandi. Pentagon esa Ukrainaga umumiy qiymati 425 million dollar bo‘lgan navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pentagon AЫSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing