AQSH Ukrainaga kassetali o‘q-dorilarni bermoqchi
Olam
−
08 iyul 2023
4284Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga kassetali o‘q-dorilarni yetkazib beradi. Bu haqda Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Kecha, 7 iyul kuni AQSH yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Undan birinchi marta 155 mm li DPICM artilleriya snaryadlari o‘rin oldi. Ushbu kassetali o‘q-dorilar AQSH va Ukrainani hisobga olmaganda, 123 davlat ratifikatsiya qilgan xalqaro konvensiya tomonidan taqiqlangan.
Ma’muriyat vakili respublika hududida bunday snaryadlardan foydalanish tinch aholi uchun xavf tug‘dirishini tan olgan. Shu sababli AQSH ularni topshirish qarorini kechiktirgan edi.
O‘z navbatida Rossiyada AQSHning bunday qaroriga reaksiya bildirildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida AQSHning Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishini izohlar ekan, Oq uyning sobiq matbuot kotibi Jen Psaki 2022 yilda kassetali bombalardan foydalanishni urush jinoyati deb ataganini eslatgan.
LiveBarchasi