AQSH Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi yordam paketi yuboradi

Olam

image

Joriy yilning 3 aprel kuni AQSHning Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qilinishi mumkin. U jang uchun havo kuzatuvi radarlari, tankga qarshi raketalar va yonilg‘i yuk mashinalarini o‘z ichiga olishi kutilmoqda. Bu haqda AQSH rasmiylariga tayanib, “Reuters” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yordam paketiga Ukrainaning Rossiya pozitsiyalariga hujum qilishi uchun ishlatadigan aniq havo o‘q-dorilari, ko‘prik uskunalari, buzilgan tanklar kabi og‘ir texnikalarga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan qutqaruv mashinalari hamda AQSH va uning ittifoqchilari Kiyevga bergan NASAMS havo mudofaasi tizimlari uchun qo‘shimcha jihozlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Yordam paketining katta qismi (2,1 milliard dollar) Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (Ukraine Security Assistance Initiative – USAI) tomonidan moliyalashtirilgan. Bu Prezident Jo Bayden ma’muriyatiga AQSH qurol zaxiralaridan emas, balki sanoatdan qurol sotib olish imkonini beradi. Qolgan 500 million dollar esa Prezidentga favqulodda vaziyatda AQSHning amaldagi zaxiralaridan olishga imkon beruvchi Prezident ma’muriyatining mablag‘lari hisobidan kelishi kutilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Vashington Kiyevga 30 milliard dollardan ortiq xavfsizlik yordami va’da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainaga AQSH tomonidan 2 milliard dollarlik harbiy yordam, Kanadadan esa 32,5 million dollarlik yordam paketi ajratilgani e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing