AQSH Ukrainadan Rossiyaga zarba bermaslikni talab qilmaydi – “The Times”

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya hududiga zarba bermasligini talab qilmayapti. Endilikda ular Moskvaning kuchidan kamroq qo‘rqmoqda. Bu haqda Pentagondagi manbasiga tayanib, Britaniyaning “The Times” gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Petagon rasmiylaridan bir AQSH Kiyevdan Rossiyaga zarba bermaslikni so‘ramasliklarini aytgan. Biroq u Ukraina urushni xalqaro qonun-qoidalar asosida olib borishini ta’kidlagan.

“Biz Kiyevga ruslarga zarba bermanglar”, demaymiz. Ularga nima qilish kerakligini ayta olmaymiz. Ular qurollarini qanday ishlatishadi va qachon ishlatishadi? O‘zlari hal qiladi. Biroq Ukrainadan biz taqdim etilgan qurollarni xalqaro urush qonunlariga rioya qilib, ishlatishini so‘raymiz. Jeneva konvensiyalariga amal qilishlari kerakligini ta’kidlaymiz,” degan AQSH Mudofaa vazirligi vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu yagona cheklov. Biroq Rossiya Federatsiyasidagi oilalar zarbalarning nishoniga aylanmasligi kerak. Shuningdek, ma’lum bir shaxslarni yo‘q qilmaslik lozim. Ukraina bu shartlarga amal qiladi.

AQSH siyosati Amerika qurollari Rossiya hududiga hujum qilishda foydalanmaslik sharti bilan Ukrainaga berilishiga, shuningdek, yetkazib beriladigan jihozlarga ayrim cheklovlar kiritishga asoslangan edi. 

Rossiya Federatsiyasi va NATO o‘rtasida ochiq ziddiyat mavjud edi. Amerikada Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan payt qo‘rquv kuchli bo‘lgan. Biroq hozir bu hadik anchayin kamaygan.

“The Times”ning qayd etishicha, Pentagon Rossiyaning taktik yadro qurolini qo‘llashi yoki NATO davlatlaridan birining hududiga zarbalar berish ehtimolidan qo‘rqqan.

Pentagonning “so‘zsiz ma’qullashi” bilan Ukraina qo‘shinlari Rossiya hududiga uchuvchisiz samolyotlar, shu maqsadlar uchun o‘zgartirilgan razvedka Tu-141 samolyotlaridan foydalangan holda yanada qat’iy va agressiv tarzda zarbalar berishga harakat qilmoqda. Vashingtonning pozitsiyasini o‘zgartirishi Kiyev uzoq vaqtdan beri AQSHdan olishga intilayotgan olis  masofali qurollar, jumladan, 310 kmgacha uchuvchi ATACMS ballistik raketalari va MQ-1C Grey Eagle dronlari bilan qurollanishi mumkinligini ham anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing