AQSH Ukraina va Isroilga yordam berishdan voz kechdi

Olam

image

Amerika Prezidenti Jo Bayden kecha, 16 noyabr kuni federal byudjetni vaqtincha moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Ushbu byudjetnomada Ukraina va Isroilga beriladigan yordam uchun mablag‘ ajratish belgilanmagan. Bu haqda Oq uyga tayanib BBC xabar berdi. 

Bildirilishicha, imzolangan hujjat 2024 yil 19 yanvargacha federal idoralar ishini moliyalashtirishni nazarda tutadi hamda unda Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish belgilanmagan.

Ma’lumot uchun, 30 sentyabrda ham Bayden 45 kunlik vaqtinchalik byudjetni tasdiqlagandi. Ushbu hujjatda ham Ukrainaga yordam uchun mablag‘ ajratilmagandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda vatandoshlariga telemurojaatida Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish Amerika xavfsizligi uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanligi va uni to‘xtatish mumkin emasligi haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Isroil yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing