AQSH Turkiya bilan birga o‘q-dori ishlab chiqaradi
Olam
−
22 fevral 2024
3582AQSH Turkiya mudofaa sektoridagi subpudratchilar bilan hamkorlikda 155 mm o‘lchamli o‘q-dorilar ishlab chiqaradi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jeff Yurgensen bayonotiga tayanib, “Anadolu” agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2025 yil oxirigacha Texasdagi uchta zavodda o‘q-dori ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan. “General Dynamics Ordnance and Tactical Systems” bilan qurilish, montaj qilish va keyinchalik ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
“O‘q-dorilar zavodi oyiga 30 ming dona patron ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi” deydi Yurgensen.
AQSH elchisi Jeff Fleyk 14 fevral kuni “Desert News” uchun chop etilgan maqolasida Vashington uchun “Turkiya bilan mustahkam aloqalar” muhimligini ta’kidlagan.
“Turkiya bilan mustahkam aloqalar AQSH manfaatlariga mos” sarlavhali maqolasida u turk mudofaa sektorining “transformatsiyasi” “AQSH mudofaa ta’minot zanjiri va NATO kuchi”ning ajralmas qismi ekanligini bildirgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar