AQSH turistik viza berish qoidalarini kuchaytirdi

Olam

image

AQSH hukumati xorijliklarga noimmigratsion vizalar, jumladan, B1/B2 turistik vizalar berish qoidalarini kuchaytirdi. Davlat departamenti 6 sentyabr kuni e’lon qilgan buyruqqa ko‘ra, endi ular uchun faqat fuqaroligi yoki doimiy yashash joyi bo‘lgan mamlakatda ariza berish mumkin bo‘ladi.

Bunday vizalar berilishi to‘xtatilgan 17 davlat fuqarolari uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘lgan ayrim elchixonalar va konsulliklar belgilangan. Shunday qilib, rossiyaliklar buni faqat AQSHning Ostona va Varshavadagi elchixonalarida, Belarus fuqarolari – Varshava yoki Vilnyusda, ukrainaliklar – Varshava va Krakovda qilishlari mumkin. Shu paytgacha istalgan davlatda suhbatdan o‘tish va ushbu turdagi viza olish uchun ariza topshirish mumkin edi.

Rejalashtirilgan suhbatlar uchun uchrashuvlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Yangi qoidalar A, G, C-2, C-3, NATO vizalari, har qanday turdagi diplomatik va xizmat vizalari yoki BMT Bosh qarorgohi kelishuvi doirasida sayohat qilish bilan bog‘liq vizalarga taalluqli emas. Davlat departamenti bayonotida aytilishicha, istisnolar kamdan-kam hollarda gumanitar, tibbiy yoki tashqi siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh turistik viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing