Kurs UZS

USD

12 892.97

12.97

EUR

13 541.49

34.23

RUB

123.38

-0.63

AQSH Tojikistonga harbiy uskunalar yubordi

Olam

image

AQSH Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga mamlakatning Afg‘oniston bilan chegarasida huquq-tartibot infratuzilmasini mustahkamlash uchun harbiy texnika yubordi. Bu haqda bugun, 9 fevral kuni Tojikiston Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Texnik yordam Tojikiston Respublikasining Afg‘oniston bilan chegarasida huquqni muhofaza qilish infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan “Yashil chegara xavfsizligi” loyihasi doirasida taqdim etildi”, deyiladi Agentlik bayonotida.

Qayd etilishicha, AQSH Energetika vazirligi nomidan kombinezonlar, o‘q o‘tkazmaydigan jiletlar, tog‘li hududlarda operatsiyalar o‘tkazish uchun jihozlar, minalardan tozalash uchun maxsus himoya kiyimlari, tungi ko‘rish moslamalari, durbin, monokulyar, harbiy mashinalar, shuningdek, yadroviy va radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishini aniqlash uchun maxsus uskunalar joylashgan transport vositalari yuborilgan.

Shuningdek, agentlik harbiy uskunalar BMT Xavfsizlik Kengashining ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi bo‘yicha Tojikiston milliy harakat rejasini amalga oshirish uchun zarurligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 fevral kuni Moskvada afg‘on muammosiga bag‘ishlangan xavfsizlik vakillarining beshinchi ko‘p tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilishda Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Eron va Xitoy vakillari ishtirok etgan hamda Afg‘oniston atrofidagi vaziyat bo‘yicha bir qator qo‘shimcha amaliy chora-tadbirlar taklif qilingandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing