AQSH Tojikiston suverenitetini qo‘llashga tayyor – Blinken

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvda Qo‘shma Shtatlar respublika suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni AQSHning Tojikistondagi elchixonasi Blinken va Muhriddinning Ostonadagi C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvi doirasidagi muloqot yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. 

“Kotib Blinken Qo‘shma Shtatlar Tojikistonning ishonchli hamkori bo‘lishga sodiqligini ta’kidladi va Qo‘shma Shtatlar Tojikiston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi”, deyiladi diplomatik missiya bayonotida.

Xabarda qayd etilishicha, Blinken va Muhriddin ikki davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va xavfsizlik sohasida ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama formatdagi hamkorlik sohasidagi o‘zaro aloqalarini yaxshilash yo‘llarini muhokama qilgan. 

Kecha, 28 fevral kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvi (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSH) doirasida Blinken bir qator Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing