AQSH “Tolibon”ning Afg‘onistonga qaytish taklifini rad etdi
Olam
−
03 sentabr 788 1 daqiqa
Vashington Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining AQSH tomonidan Afg‘oniston konchilik sohasiga sarmoya kiritilishi haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti vakili Tommi Pigot “Amerika ovozi”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
AQSH Davlat departamenti so‘zchisi “Amerika ovozi”ning “Tolibon” konchilik sohasiga sarmoya kiritish taklifini AQSH rasmiylariga rasman bildirganmi yoki yo‘qmi, degan savoliga javoban shunday degan:
“AQSH Davlat departamenti maxsus belgilangan global terrorchi guruh hisoblangan “Tolibon” bilan Afg‘onistondagi muhim foydali qazilmalarni o‘zlashtirish bo‘yicha muloqotga kirishishni rejalashtirmayapti”.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Afg‘oniston litiy, kobalt va niobiy kabi muhim foydali qazilma zahiralarini o‘z ichiga olgan kamida 1 trillion dollarlik kon resurslariga ega.
Pigotning aytishicha, AQSHning Afg‘oniston konlariga sarmoya kiritishi faqat “Tolibon” qo‘liga pul tushirishi va ularning Afg‘oniston xalqiga nisbatan shafqatsiz muomalasini davom ettirishiga imkon berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy “The New York Times” nashriga bergan intervyusida AQSHni Afg‘onistondagi diplomatik ishtirokini qayta tiklashga va mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritishga chaqirgan edi.
Live
Barchasi