AQSH Tayvanga 385 mln dollarlik qurol sotishni ma’qulladi
Olam
−
30 noyabr 2024
1520AQSH Tayvanga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlari va radarlarni 385 million dollarga sotishni ma’qulladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Vashington va Taybey o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqalar yo‘qligiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Xitoy da’vo qilgan o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatlarini Tayvanga o‘tkazishga qonuniy ravishda majbur. Aniqlik kiritilishicha, bitimning asosiy pudratchisi Amerikaning harbiy texnika ishlab chiqaruvchi General Dynamics kompaniyasi bo‘lgan.
Bungacha Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi qoshidagi Tayvan ishlari bo‘yicha idora vakili Chen Binxua ham Xitoy orolga qarshi kuch ishlatish ehtimolidan voz kechmasligini ma’lum qilgandi. U ogohlantirgandiki, agar Tayvan keskinlashuv xavfini tug‘dirsa, bu uning yo‘q qilinishiga olib keladi. O‘z navbatida, Xitoy rahbari Si Szinpin Tayvandagi separatistik harakatlar bu mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka mos kelmasligiga ishora qildi.
Eslatib o‘tamiz, 1 noyabr kuni Tayvan Rossiyaga harbiy korxonalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dastgohlar yetkazib berish butunlay to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Tayvan iqtisodiyot vazirligiga ko‘ra, OAVda bunday jo‘natmalar bo‘yicha qator tekshiruvlar e’lon qilinganidan keyin eksport nazorati qoidalari kuchaytirilgan. Xususan, Rossiya va Belarusga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni birlamchi buzganlik uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirilgan – 1 million Tayvan dollari (taxminan 31 ming 100 AQSH dollari). Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishlar allaqachon o‘z natijalarini bergan va Tayvandan Rossiyaga dastgohlar eksporti hajmi nolga kamaygani haqida xabar berilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi