AQSH tarkibidagi o‘zbekistonlik shaxmatchi JCHni mag‘lubiyatsiz o‘tkazmoqda

Sport

image

Ayni kunlarda Samarqand shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlarida Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqada Amerika jamoasi tarkibida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova 4 ta turdan so‘ng ham hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.

Tohirjonova hindistonlik Ravi Rakshitta, o‘zbekistonlik Guldona Karimova va Gruziya vakili Bella Xotenashvilini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, rossiyalik Polina Shuvalova bilan murosa yo‘lini tanladi.

Hozirga kelib Tohirjonova 3,5 ochko to‘plab, turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Qayd etish joiz, 24 yoshli Gulruhbegim AQSHning eng yaxshi ayol shaxmatchisi hisoblanadi. U avgust oyida Amerika shaxmat federatsiyasi tomonidan eng yaxshi ayol shaxmatchi uchun beriladigan sovrinni qabul qilib olgandi. 

Tohirjonova o‘z vaqtida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati bilan nizolar sabab O‘zbekiston terma jamoasi a’zoligidan ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand shaxmat Gulruhbegim Tohirjonova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing