AQSH Ta’lim vaziri grammatik xatolar uchun masxara qilindi

Olam

image

AQSH Ta’lim vaziri Linda Makmaxon Garvard universitetiga tahdidli xat yo‘lladi. U internetda e’lon qilindi va amaldor grammatik xatolari uchun masxara qilingan.

“Linda Makmaxonning Garvardga yozgan qattiq maktubi ochiq grammatik xatolar tufayli internetga tarqaldi”, deb yozadi “Daily Mail”.

Ta’lim vaziri Garvard universiteti prezidenti Alan Garberga maktub yo‘llab, universitet rahbariyatini tizimli muvaffaqiyatsizlik va xatolarda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Garvard talabalar va xodimlarni qabul qilish va yollashda irqiy imtiyozlarni targ‘ib qiladi.

Makmaxon universitet Prezident Donald Trampning talablarini qondirmagunicha federal hukumatdan hech qanday pul olmasligi haqida ogohlantirdi.

Bu maktub ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqid qilindi. Vazirning o‘nga yaqin xatolarini payqashdi. Garvard maktubni professor uslubida tahrir qildi va qizil qalam bilan belgilangan xatolar bilan Linda Makmaxonga qaytarib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Garvard universiteti professorlari Tramp administratsiyasining federal moliyalashtirishni tekshirish bilan tahdid qilishiga javoban sudga murojaat qilgan edi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Tramp ma’muriyati Garvard uchun 2,2 milliard dollarlik grantlarni muzlatib qo‘ygan.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Garvard Linda Makmaxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing