AQSH Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqmoqchi. Isroil esa bundan norozi

Olam

image

AQSH Isroilni yaqin ikki-uch oy ichida Suriyadan Amerika qo‘shinlarini olib chiqishni boshlash rejalari haqida xabardor qildi. Bu haqda Isroilning “Ynet” portali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Isroil bu ssenariyning oldini olishga harakat qilgan, biroq amerikalik hamkasblarini o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga ko‘ndira olmagan.

Nashrga ko‘ra, Isroil maxsus xizmatlari rahbarlari amerikalik hamkasblariga AQSH qo‘shinlari Suriyada qolishi uchun hali ham bosim o‘tkazishda davom etmoqda. Ismini oshkor etmagan Isroil rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Isroil AQSH kontingentini olib chiqib ketish Turkiyaning Suriyadagi ta’sirini kengaytirishga imkon berishidan xavotirda.

Joriy yilning fevral oyi boshida ham NBC News telekanali Pentagonda AQSHning barcha harbiylarini Suriyadan olib chiqish bo‘yicha reja tuzilayotganini xabar qilgan. 

Ma’lumot uchun, Suriyada AQSHning o‘ndan ortiq harbiy bazasi joylashgan bo‘lib, ularda 2 mingga yaqin harbiy joylashtirilgan. Ularning vazifasi, Pentagonning ta’kidlashicha, ISHID bilan kurashishdan iborat. 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa kuchlari va Jo‘lon mintaqaviy kengashi ilk bor isroilliklar uchun Suriyaning Isroil tomonidan bosib olingan hududlarida “turistik sayohat” uyushtirayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing