AQSH Suriyadagi ob’ektlarga zarba berdi
Olam
−
24 avgust 2022
7768Kecha, 23 avgust kuni AQSH harbiy-havo kuchlari AQSH Prezidenti Jo Bayden ko‘rsatmasi bilan Suriyadagi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga (EIQK) tegishli bo‘lgan ob’ektlarga zarbalar bergan. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qilgan.
“Prezident Baydenning ko‘rsatmasi bo‘yicha AQSH harbiylari Dayr-az-Zor provinsiyasiga zarba berdi”, deyiladi qo‘mondonlikning Twitter sahifasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, havo hujumlari nishoni Eron EIQK bilan aloqador guruhlar foydalanadigan infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan.
Qo‘mondonlikning bildirishicha, Prezident AQSH xodimlarini Eronparast guruhlar hujumlaridan himoya qilish uchun zarbalar berishni buyurgan.
"Qo‘shma Shtatlar mojaroga intilmayapti, lekin o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishda davom etadi", deyiladi xabarda.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi