AQSH Suriyada ISHID rahbarini yo‘q qildi
Olam
−
20 dekabr 2024
8258Kecha, 19 dekabr kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) kuchlari Suriyaning Dayr az-Zaur viloyatida ISHID rahbari Abu Yusufni (taxallusi Mahmud) yo‘q qildi. Unga qilingan hujum oqibatida ikki nafar ISHID jangarisi ham o‘ldirilgan. Bu haqda qo‘mondonlikning X sahifasida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ushbu havo zarbasi CENTCOM va mintaqadagi hamkorlarning terrorchilarning tinch aholiga, AQSH harbiylariga, ittifoqchilariga va mintaqa hamda undan tashqaridagi sheriklariga qarshi hujumlarni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish harakatlarini buzish va susaytirishga bo‘lgan majburiyatining bir qismi bo‘lgan.
Hujum ilgari Suriya rejimi va Rossiya tomonidan nazorat qilingan hududda amalga oshirilgan.
“Avval aytilganidek, AQSH mintaqadagi ittifoqchilar va hamkorlar bilan ishlash orqali ISHIDning Suriyadagi mavjud vaziyatdan foydalanib qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaydi. ISHID Suriyadagi turli muassasalarda ushlab turilgan 8 mingdan ortiq jangarilarni ozod qilishga urinish niyatida. Biz ushbu rahbarlar va operativ xodimlarni, jumladan Suriyadan tashqarida operatsiyalarni amalga oshirishga urinayotganlarni ham faol nishonga olamiz”, deydi CENTCOM qo‘mondoni general Maykl Erik Kurilla.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Suriyadagi ISHID aniqlangan nishonlarga jangovar samolyotlar bilan 70 ga yaqin yuqori aniqlikdagi zarbalar berganini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar


