AQSH Suriyada “Al-Qoida” yetakchilaridan birini yo‘q qildi

Olam

image

AQSH Qurolli kuchlari Suriyadagi “Al-Qoida” terrorchilik guruhi rahbarlaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda Prezident Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yo‘q qilingan terrorchi butun mintaqa bo‘ylab “Al-Qoida” bilan hamkorlik qilgan. Ammo gap aynan qaysi yetakchi haqida ketayotgani aytilmagan. 

“Ushbu dam olish kuni AQSH qo‘shinlari Suriyadagi “Al-Qoida” a’zolaridan biriga yuqori aniqlikdagi aviazarba berdi”, deydi Prezident.

Shuningdek, Tramp AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari Maykl Kurilla va harbiy uchuvchilarni muvaffaqiyatli operatsiya bilan tabriklagan.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, 15 fevral kuni Suriya shimoli-g‘arbidagi hududga berilgan zarba natijasida “Al-Qoida”ga aloqador “Xurras ad-Din” tashkiloti yetakchilaridan biri o‘ldirilgan. U guruhda moliyaviy operatsiyalar va logistika uchun mas’ul bo‘lgan.

“Hujum terrorchilarning AQSH fuqarolari va harbiylariga qarshi hujumlarni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha urinishlarini barbod qilish maqsadida amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya hukumati “Al-Qoida” xalqaro terroristik tashkilotning sobiq rahbari Usoma bin Ladenning o‘g‘li Omarga mamlakat hududiga kirishni rasman taqiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing