AQSH Suriya shimolida yangi baza qurmoqda
Olam
−
15 fevral 2021 4656 1 daqiqa
AQSH boshchiligidagi Xalqaro antiterror koalitsiyasi Suriya shimolida o‘z bazasini tashkil etmoqda. Bu haqda "Al Hadath"ga asoslanib xabar berilgan.
Xabarda aytilishicha, baza Suriyaning Turkiya va Iroq bilan chegarasi yaqinida joylashgan bo‘ladi.
Hozirda baza qurilishi Xaseke viloyatidagi Ayn-Davar aholi punkti yaqinida davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Suriyaning shimoli-sharqida AQSH sakkizga yaqin baza tashkil etgan.
Ularning eng kattasi amerikaliklar va kurdlar nazorati ostida bo‘lgan neftga ega hududlar yaqinida joylashgan.
Live
Barchasi