AQSH sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollar sinovini to‘xtatdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovdan o‘tkazmaslik tarafdori va boshqa mamlakatlarni ham shunga chaqirmoqda. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris Kaliforniya shtatidagi Vandenberg harbiy havo kuchlari bazasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.  

“Bugundan boshlab Qo‘shma Shtatlar sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketalarning buzg‘unchi sinovlarini o‘tkazmaslik majburiyatini olganini e’lon qilishdan mamnunman. Oddiy qilib aytganda, bunday sinovlar xavfli va biz ularni o‘tkazmaymiz. Qo‘shma Shtatlar nomidan men barcha mamlakatlarni bunga qo‘shilishga chaqiraman. Bu barchaga foyda keltirishiga ishonamiz”, degan Xarris. 

AQSH vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat “boshqa davlatlar bilan buni kosmosda mas’uliyatli xatti-harakatlarning yangi normasi sifatida belgilash uchun ishlaydi”. 

Ma’lumot o‘rnida, Qo‘shma Shtatlar oxirgi marta 2008 yilda sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketa sinovini o‘tkazgan. Shunga o‘xshash sinovlar Xitoy, Rossiya va Hindiston tomonidan ham o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh raketa sinov

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing