AQSH sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash qarorini to‘xtatdi

Olam

image

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farmoni ijrosini to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Merilend shtati Grinbelt shahridagi federal sudya Debora Bordman muhojirlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar talabiga ko‘ra dastlabki taqiqlov chorasini joriy qilgan. Uning qarori Tramp ma’muriyatiga yangi farmon asosida suddagi da’vo doirasiga kiruvchi bolalarning AQSH fuqaroligini rad etish yoki tan olmaslik imkonini bermaydi.

Sudyaning ta’kidlashicha, AQSH Oliy sudi mazkur toifaga kiruvchi bolalar tug‘ilgan paytidanoq fuqaro hisoblanishi masalasini allaqachon hal qilgan. Bordman Trampning yangi farmoni ushbu bolalarga nisbatan qo‘llanilsa, “deyarli aniq konstitutsiyaga zid” bo‘lishini bildirgan.

Sud qaroriga ko‘ra, Davlat departamenti, Milliy xavfsizlik departamenti va Ijtimoiy ta’minot boshqarmasi kabi federal idoralar da’vo doirasiga kiruvchi bolalarning fuqaroligini rad etishi, unga aralashishi yoki uni tan olmasligi mumkin emas. Biroq idoralarga Tramp farmonini amalga oshirish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlashga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 6 avgust kuni tug‘ilish orqali fuqarolik olishni cheklashga qaratilgan yangi farmonni imzolagan edi. Hujjat, xususan, “tug‘ilish turizmi” – ayollarning farzandi avtomatik ravishda AQSH fuqaroligini olishi uchun mamlakatga borib, o‘sha yerda tug‘ishi amaliyotiga qarshi qaratilgan.

Farmonga ko‘ra, agar bolaning ota-onasidan biri AQSHda xorijiy hukumat uchun ishlasa, fuqarolikni olish maqsadida firibgarlik yoki tijoriy bitimdan foydalansa yoki “dushman ajnabiy” maqomiga kirsa, bolaga fuqarolik berilmasligi mumkin edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing