AQSH “spektakli”: Usama ben Loden rostdan o‘ldirilganmi?

Olam

image
0:00
0:00
download

2011 yilda Pokistonda “Al-Qoida” terrorchilik guruhi boshlig‘i Usama ben Lodenni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya ko‘proq sahnalashtirilganga o‘xshaydi. O‘sha paytda uning o‘z o‘rnida bo‘lganini hech narsa tasdiqlamaydi. Bu haqda voqea tafsilotlarini o‘rganayotgan guvohlar va pokistonlik jurnalistlar “RIA Novosti”ga xabar berdi.  

Rasmiy versiyaga ko‘ra, 2011 yil 2 mayda Usama ben Loden vertolyotlar bilan Afg‘onistondan Abbotobodga yetkazilgan Amerika maxsus kuchlari tomonidan yo‘q qilingan. Pokistonlik jurnalist Suhail Abbosiy Abbotobodda sodir bo‘lgan voqeani AQSHga jahon hamjamiyati va Amerika fuqarolari oldida yuzini yorug‘ qilish uchun kerak bo‘lgan spektakl deb atagan. 

“Barchamiz aminmizki, ben Loden binoda yo‘q edi. Lekin, albatta, uning oilasi bu hududda bir necha yil yashagan”, deydi guvohlardan biri Raja Xorun. 

Uning aytishicha, Amerika va G‘arb ommaviy axborot vositalarida ben Lodenning yo‘q qilinishi haqidagi xabarlar shahar aholisining barchasini hayratda qoldirgan. 

“Keyin mahalliy va xorijiy jurnalistlar kela boshladi. So‘ng Obamaning (AQSHning o‘sha paytdagi Prezidenti Barak Obama — tahr.) eng xavfli terrorchilik tashkilotining yetakchisi yo‘q qilingani bilan bog‘liq bayonotlari va tabriklari eshittirildi. Uning jasadi dengizga tashlangani esa bema’ni va kulgili gap bo‘ldi”, degan Xorun. 

Ma’lumot o‘rnida, Ben Loden 2011 yildagi reyd paytida o‘ldirilganiga AQSHning 45-Prezidenti Donald Tramp ham shubha bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Usama ben Loden

Baholaganlar

1244

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar