AQSH sobiq Prezidenti Obamaning maslahatchisi pora uchun qamaldi

Olam

image

AQSHning Nyu-York janubiy okrugi sudi (SDNY) kecha, 14 yanvar kuni mamlakatning 44-Prezidenti Barak Obama ma’muriyatining sobiq maslahatchisini firibgarlik va maxsus maktablar tizimidan 200 000 AQSH dollaridan ortiq mablag‘ o‘g‘irlaganlikda aybdor deb topdi.

Ayblanuvchining o‘zi unga qo‘yilgan jinoyat ayblovlarini tan olgan. 

“Oq uyning sobiq maslahatchisi Set Endryu bugun o‘zi yaratishga yordam bergan maktablar tizimidan pul o‘g‘irlash sxemasini ishlab chiqqanini tan oldi. Endi Endryu o‘z mansabini suiiste’mol qilgani va unga maktablarni tashkil qilishda yordam berganlarning haqqini o‘g‘irlagani uchun federal qamoqxonada jazoni o‘taydi”, degan vaziyatga izoh bergan AQSH advokatlar kengasi a’zosi Damian Uilyams.

Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005 yilda Endryu Nyu-Yorkda maxsus maktablar tizimidagi "1- Maktab"ga asos solgan. 2013 yilda Endryu maktab direktori lavozimidan Ta’lim vazirligi xodimi lavozimiga ko‘tarilgan. Keyinchalik u Oq uyda Obamaning Ta’lim va texnologiyalar bo‘yicha katta maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

2019 yilda Endryu to‘satdan maxsus maktablar tizimidagi 3 ta maktab hisob raqamani yopgan. Hisob raqami maktab o‘z ish faoliyatini to‘xtatganida yoki byudjetdan mablag‘ ajratilmay qolgan holatlarda mahsus qaror bilan yopilishi mumkin bo‘lgan. Hisob raqamni yopish Endryu yoki maxsus vakolatga ega bo‘lmagan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan.

Hisob raqamni yopgan Endryu undagi pullarni yangi ochilgan biznes bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib yuborgan. Bankda Endryu nomiga ochilgan yangi hisob raqamga umumiy hisobda 200 000 AQSH dollaridan ortiq mablag‘ kelib tushgan. 

“Men qilgan ishimdan chin dildan afsusdaman. Qilgan ishim noto‘g‘ri ekanligini bilardim va pushaymonman. Hozir sizning oldingizda turib oilam va maktab o‘quvchilari kelajagi uchun salbiy oqibatlarga olib keluvchi xato qilganimni tushunib yetdim”, degan ayblanuvchi sudda so‘nggi so‘z o‘rnida.

Sudda Endryu maxsus maktablar uchun yetqazilgan zararni qoplab, ularga 218 000 AQSH dollari to‘lashga rozi bo‘lgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing