AQSHda kuchli qor bo‘roni tufayli minglab reyslar bekor qilindi 

Olam

image

AQSHning sharqiy sohillarida qor bo‘roni sodir bo‘lgani sababli kecha, 16 yanvar kuni 3000 ga yaqin reys bekor qilindi. Bu haqda CNN xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, jabrlangan hududlarda 74 millionga yaqin odam istiqomat qiladi. 

“Aviakompaniyalar 2 800 ta reysni bekor qildi”, deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, qor, yomg‘ir, kuchli shamol va muz kombinatsiyasini olib kelgan bo‘ron janubi-sharqiy shtatlardan shimolga qarab harakat qilmoqda. Vashington va uning atrofida kuchli qor yog‘gan. 

Monitoring internet-resursi www.poweroutage.us ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 200 mingga yaqin iste’molchilar elektrdan uzilib qolgan. Mahalliy OAV Floridadan Kanada chegarasigacha cho‘zilgan I-95 avtomagistralining ayrim uchastkalari to‘sib qo‘yilgani haqida xabar bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing