AQSH shtati Baydenni sudga berdi

Olam

image

Florida shtati shtatdagi federal mulozimlar hamda davlat pudratchilari xodimlarini majburiy tarzda emlash to‘g‘risidagi farmon sabab AQSH Prezidenti Jo Bayden, NASA hamda bir qator hukumat tashkilotlari va amaldorlarini sudga berdi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar berdi.

Da’vo Florida bosh prokurori Eshli Mudi va shtat gubernatori Ron Desantis tomonidan berilgan. Florida ma’muriyati Bayden hukumati farmonlarini “noqonuniy” deb atagan. Mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, federal hukumat shtatga iqtisodiy zarar va federal shartnomalarni bekor qilish bilan tahdid qilmoqda.

Respublikachilar partiyasi vakili bo‘lgan Desantis Bayden ma’muriyatining harakatlari Konstitutsiyaga zid. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, odamlar emlashdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatilmoqda. Aslida bu shaxsiy tanlov bo‘lishi kerak.

“Bu jiddiy iqtisodiy zarar keltiradi. Bu odamlarning ozgina qismi ishdan bo‘shatilgan yoki o‘z xohishi bilan ishdan ketgan taqdirda ham, bu tibbiy xizmat ko‘rsatish, moddiy-texnika ta’minoti, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘ladi”, degan siyosatchi.

Avvalroq Texas gubernatori, Respublikachilar partiyasi vakili Greg Abbott Baydenning buyrug‘iga qarshi chiqqan edi. Siyosatchi barcha shtat korxonalariga o‘z xodimlari uchun avvalroq mamlakat prezidenti ta’kidlagan koronavirusga qarshi majburiy emlashni joriy qilishni taqiqladi. Arizona bosh prokurori Mark Brnovich ham sudga murojaat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing