AQSH senatori hukumatdan Isroilga boshqa yordam bermaslikni talab qildi
Olam
−
03 yanvar 2024 7371 1 daqiqa
AQSH senatori Berni Sanders Isroilning G‘azodagi urushi uchun hukumatdan boshqa mablag‘ ajratmaslikni so‘rayapti. Bu haqda u 2 yanvar, seshanba kuni o‘zining X (sobiq Twitter) akkauntidagi sahifasida yozgan.
Qayd etilishicha, AQSH senatori Kongressni Isroilning falastinliklarga qarshi shafqatsiz urushini davom ettirishi uchun ajratilishi ko‘rib chiqilayotgan 10,1 milliard dollarlik shartsiz harbiy yordamni rad etishga chaqirdi.
“Yetar. Qo‘shma Shtatlardagi soliq to‘lovchilar endi G‘azodagi begunoh erkaklar, ayollar va bolalarni o‘ldirishda ishtirok etmasligi kerak”, degan Berni Sanders.
U shuningdek, Netanyaxuning Falastin xalqiga qarshi noqonuniy, axloqsiz, shafqatsiz va nomutanosib urushi uchun AQSH ham javobgar bo‘lishi mumkinligini aytgan.
"Amerikaliklar Isroilning Falastin xalqiga qarshi urushi sezilarli darajada AQSH bombalari, artilleriya snaryadlari va boshqa qurollar bilan olib borilganini tushunishlari kerak", deya qo‘shimcha qilgan senator.
2023 yilning 7 oktyabr kuni G‘azoda boshlangan urushda Isroil hujumlari ortidan anklav infratuzilmasining 60 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan hamda oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligi sababli 2 millionga yaqin aholi ko‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil hujumi oqibatida G‘azoda o‘lganlar soni 22 mingdan oshib ketgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi