AQSH samolyoti Rossiya chegaralari yaqinida razvedka ishlarini olib bordi
Olam
−
02 may 2021
10472AQSH Harbiy-havo kuchlarining RC-135V strategik razvedka samolyoti Rossiyaning Uzoq Sharq chegaralaridagi Kamchatka yaqinida uzun parvozni amalga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
G‘arbiy aviatsiya manbalariga ko‘ra, Amerikaning elektron razvedka samolyoti Alyaskadagi Eylson aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. Uning yo‘li Kamchatkaning janubi-sharqiy qirg‘og‘ini o‘z ichiga olgan.
Qayd etilishicha, samolyot Vilyuchinsk shahridagi Rossiyaning atom suvosti kemalarining bazasi joylashgan Avachinskaya ko‘rfazida ham ko‘rinish bergan.
Ma’lumot uchun, RC-135V samolyotlari o‘tgan asrning 60-yillarida harbiy xizmatga kirishgandan beri AQSH armiyasi ishtirokidagi barcha harbiy operatsiyalarda, shu jumladan Vetnam, Liviya va Iroqdagi janglarda ham qatnashgan. Sovuq urush davrida ushbu samolyotlar Sovet havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini kuzatgan.
LiveBarchasi