AQSH Rossiyaning Qrim ustidan nazoratini tan olishga tayyor – OAV
Olam
−
28 noyabr 4553 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Qrim va boshqa hududlar bo‘yicha Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bevosita taklif beradi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The Telegraph” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida Qrim va Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab turilgan hududlar ustidan Rossiyaning nazoratini tan olishga tayyor.
Qayd etilishicha, aynan shu maqsadda Donald Tramp o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jarid Kushnerni Moskvaga, Vladimir Putinga bevosita taklif berish uchun yuboradi.
Manbalarga ko‘ra, AQSH diplomatik an’analariga zid bo‘lgan ushbu hududlarni tan olish rejasi Yevropa Ittifoqi a’zolarining xavotirlariga qaramay, “ehtimol, amalga oshiriladi”.
“Amerikaliklarni Yevropaning pozitsiyasi qiziqtirmayotgani tobora ayon bo‘lib bormoqda”, deydi manbalardan biri.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 noyabr kuni Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifidan so‘ng Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoni haqida gapirgandi. Xususan, u Kiyev bilan huquqiy jihatdan kelishishning imkoni yo‘qligini aytdi.
Shu bilan birga, Rossiya rahbari Moskva yaqin vaqt ichida AQSH delegatsiyasining tashrifini kutayotganini tasdiqladi va Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarning asosiy mavzularini sanab o‘tdi.
Live
Barchasi