AQSH Rossiyaning 300 mlrd dollarini Ukrainaga bermoqchi – NYT

Olam

image

Oq uy G‘arb ittifoqchilari bilan Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ulardan Ukrainaga yordam uchun foydalanish bo‘yicha “shoshilinch” muzokaralarni boshlagan. Bu haqda “New York Times” gazetasi anonim manbalariga tayanib, xabar berdi. Bu G‘arb Kiyevga yangi yordam paketlari uchun "yashil chiroqni yoqqan"  paytida amalga oshirildi.

"AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina mojarosi boshlanganidan keyin bloklangan 300 mlrd dollardan ko‘proq Rossiya valyuta zaxiralari hisobidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildirmoqda", degan gazetaga intervyu bergan Amerika va Yevropa rasmiylari.

Ba’zi AQSH rasmiylari bunday keskin harakat mamlakatning yirik moliyaviy markaz sifatidagi mavqeiga putur yetkazishidan xavotirda.

Aytilishicha, rasmiylar, bankirlar va huquqshunoslar o‘rtasidagi muzokaralar so‘nggi haftalarda qizg‘in kechgan. Vashington o‘zining bir qancha ittifoqchilariga Ukraina mojarosi boshlanganining ikki yilligini nishonlash uchun 24 fevralgacha strategiya ishlab chiqishga majbur qilgan.

Gazetaning yozishicha, bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan. "Tafsilotlar va muzlatilgan mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri korrupsiya bilan mashhur bo‘lgan Ukrainaga yuboriladimi yoki yo‘q"ligi bo‘yicha munozaralar davom etmoqda.

Milliy Xavfsizlik Kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kerbi Oq uy hali bu borada bir qarorga kelmaganini aytgan.

Muhokamalar AQSH Kongressi Kiyevga 60 milliard dollarlik yangi yordam paketi bo‘yicha muzokaralarni kelasi yilga qadar to‘xtatganidan keyin o‘tkazilmoqda. Oq uy rasmiylarining ogohlantirishicha, qiyin vaziyatda bo‘lgan mamlakatlarga jo‘natish uchun ruxsat etilgan mablag‘lar tezda tugayapti.

Moskva bir necha bor xorijdagi mablag‘lari muzlatilganini qoralab, har qanday musodara “noqonuniy” va “barcha qoidalar”ni buzishi haqida ogohlantirgan.

Rossiyalik deputat Mixail Sheremet, agar Vashington rekvizitsiyani davom ettirsa, AQSHning mamlakatdagi aktivlarini musodara qilishning qonuniy tartibini boshlashni taklif qilgan.

“Har qanday jinoiy qarorga munosib javob va jazo beriladi”, deya ogohlantirgan deputat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukraina foydasiga musodara qilish yo‘llarini faol o‘rganayotgani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Ukraina aktivlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing