AQSH Rossiyaning harakatlaridan xavotirda 

Olam

image

AQSH Rossiya bilan strategik barqarorlikni rivojlantirishning yangi usullarini izlaydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Milliy jamoat radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

U ikki mamlakat o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjudligini va Amerika Qo‘shma Shtatlari "Rossiyaning harakatlaridan xavotirda" ekanini ma’lum qilgan. 

Shu bilan birga, Davlat kotibi har ikki tomon ham strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnomani juda tez uzaytira olganini eslagan. 

"Va biz Rossiya bilan strategik barqarorlikni targ‘ib qilishning boshqa usullarini izlaymiz", degan Blinken. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma muddatini 5 yilga uzaytirdi. 

Rossiya va AQSH o‘rtasida tuzilgan ushbu shartnoma ilk bor 2011 yilning 5 fevralidan kuchga kirgan. Bu ikkala tomonning strategik hujum qurollarini qisqartirishni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

437

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing