AQSH Rossiyani terror tahdididan yozma ravishda ogohlantirgan – Kirbi 

Olam

image
Qonli oqshom: Moskvadagi terakt Kreml ssenariysimi? north_east

Qonli oqshom: Moskvadagi terakt Kreml ssenariysimi?

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaga bu mamlakatdagi terror tahdidi haqida oldindan yozma ogohlantirish yuborgan. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Kirbi ma’lum qildi.

U Moskvaning hujum ortida Ukraina yoki AQSH turishi mumkin degan da’volarini rad etib, bu Rossiya ma’muriyatining voqeani buzib ko‘rsatish usuli ekanini aytdi. Kirbi Moskvadagi terakt uchun to‘liq javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi.

"AQSH bu hujumning oldini olishga harakat qilgani aniq va Kreml buni biladi. 22 mart kungi hujumdan oldin AQSH ma’muriyati Rossiya rasmiylariga Moskvadagi ommaviy tadbirlar va konsertlarga terrorchilik tahdidi haqida aniq va batafsil ma’lumot bergan”, deydi Kirbi.

Maslahatchining qo‘shimcha qilishicha, 7 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 11:15 da Qo‘shma Shtatlar o‘zi ilgari qo‘llagan tartiblarga muvofiq terrorchilik tahdidi haqida yozma ogohlantirish yuborgan. Bir kun o‘tib mintaqada yashovchi Amerika fuqarolariga jamoat xavfsizligi bo‘yicha ogohlantirish berganliklarini ta’kidlagan Kirbi, bundan oldin ham shunga o‘xshash terror tahdidi baholarini Rossiya rasmiylariga bildirganini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing