AQSH Rossiyani G20’dan chiqarib yubormoqchi
Olam
−
07 dekabr 2022
5510Kecha, 6 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining Vakillar palatasiga Qurolli kuchlar tomonidan Mudofaa byudjeti loyihasi taqdim etilgan. Unda Rossiyani bir qancha xalqaro tashkilotlar va G20’dan chetlashtirish rejalashtirilgan. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
“Hujjat Rossiya vakillarini G20, Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi, Moliyaviy barqarorlik kengashi, Sug‘urta nazoratchilari xalqaro assotsiatsiyasi va Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti ishidan chetlashtirish siyosatini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu siyosatni ilgari surish uchun zarur choralarni ko‘rishni talab qiladi”, deyiladi matnda.
Ma’lumot uchun, Mudofaa byudjeti loyihalarini kelishib olish uchun Senat va Vakillar palatasi tomonidan qo‘mita tuzilgan. Loyiha joriy haftada Vakillar palatasida ovozga qo‘yiladi. Shundan so‘ng Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi va imzolash uchun Prezident Jo Baydenga yuboriladi.
LiveBarchasi