AQSH Rossiyaga ters tushgan Yevropaga gaz sotishni oshirdi
Olam
−
04 Oktabr 2022 11698 1 daqiqa
AQSHning suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari sentyabr oyida yevropalik mijozlarga yetkazib berish hajmini 4,37 million tonnagacha oshirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Umuman olganda, AQSH eksportining 70 foizi, avgust va iyul oylarida mos ravishda 56 va 63 foiz Yevropa davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlariga suyultirilgan gaz yetkazib berish kamaygan.
Qayd etilishicha, sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlar jahon bozoriga hajmi 6,3 million tonna bo‘lgan 87 ta suyultirilgan gaz partiyasini yetkazib bergan. Avgust oyida bu ko‘rsatkichlar pastroq edi – 6,25 million tonna.
Shu fonda so‘nggi oyda Yevropada gaz narxi pasayib bormoqda. Yevropadagi suyultirilgan gaz omborlari muddatidan ancha oldin to‘ldirilmoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, qishning o‘tishi uchun yagona xavf – bu Yevrokomissiya tomonidan ishlab chiqilgan yoqilg‘i tejash rejasining amalga oshirmasligidir.
Live
Barchasi