AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirmoqchi. Bu safar nishonda...?
Olam
−
21 mart 2022
18098Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishga tayyor. Bu safargi ro‘yxatda, asosan, banklar va iqtisodiyot tarmoqlar joy olgan. Bu haqda Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi direktori o‘rinbosari Dalip Singx CBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz sanksiyalarimizni kengaytirishimiz mumkin. Ro‘yxatimizda banklar va iqtisodiyot tarmoqlari ko‘proq”, deydi Singx.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar yangi cheklovlar joriy etilsa, ular Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga - neft va gazga ta’sir qiladi.
“Biz asosan neft va gaz haqida gapiryapmiz, lekin boshqa sohalar ham bor. Hozir ularga aniqlik kiritmoqchi emasman, lekin Putin nima haqida gapirayotganimizni biladi”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sobiq sovet respublikalari ittifoqi har doim sanksiyalar ostida yashagani va ulkan muvaffaqiyatlarga erishganini aytgan edi. Unga ko‘ra, hozirgi sanksiyalar nafaqat Rossiya balki, dunyo iqtisodiyotiga ham ta’sir qiladi.
Ma’lumot uchun, G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
Bunday sanksiyalarga Rossiya ham jim qarab turmayapti. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi AQSHga qarshi javob sanksiyalarni e’lon qildi. Moskva “qora ro‘yxat”ga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, AQSH Prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden va boshqalarni kiritgan.
LiveBarchasi